Kuni kecha Xushnud mahallasida joylashgan “Kelajak bilimdonlari” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida kichkintoylar turli xil raqslar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlarni namoyish etishdi. Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlarining har bir chiqishini katta qiziqish bilan tomosha qilib, ularni qo‘llab-quvvatlab turishdi.