Yangihayot tumani hokimiyatida tuman hokimi birinchi oʼrinbosari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbari va iqtisodiyot kompleksida faoliyat yurituvchi tashkilot rahbarlari ishtirokida tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir tanqidiy yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Unda yangi ish oʼrinlarini yaratish, mavsumiy ish bilan band boʼlgan fuqarolarning oʼzini-oʼzi band qilishiga koʼmaklashish va ishsiz aholining bandligini taʼminlashga doir masalalar koʼrib chiqildi.
Yigʼilish soʼngida Toshkent shahar hokimligi tomonidan xizmatlar sohasiga doir belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini oʼz vaqtida bajarish yuzasidan masʼullarga koʼrsatma va topshiriqlar berildi.