Xususan, "Ziyo Nur Farm" korxonasida xodimlar uchun "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Davra suhbati tarzida o‘tkazilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan korxona ishchilariga diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida mediasavodxonlikni oshirish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni olish va tarqatishda e’tiborli bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.