Ijtimoiy xodimlar ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" tadbiri bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Yangihayot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar uchun "Jaholatga qarshi ma’rifat" targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda davomida tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi yot g‘oya va mafkuralarning asl mohiyati, yoshlar ongini manipulyatsiya qilishda turli axborot xurujlarning asl maqsadlari hamda aqidaparastlik, diniy ekstremizm, missionerlik va prozelitizmning ma’naviy barqarorlikka tahdidi haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berib o‘tdi.