Xabaringiz bor, yaqinda Farg'ona shahridagi 4 qavatli bino yerto'lasida joylashgan kafeda yong'in sodir bo'ldi va buning oqibatida bir necha o'lim holati qayd etildi.
Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida davlatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, Yangihayot tumanida joylashgan ko'p qavatli va noturar binolarning yerto'la qismida tashkil etilgan tadbirkorlik tashkilotlarining holatini o'rganish bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi.
Bugun o'tkazilgan yig'ilishda mas'ullar zimmasiga ko'p qavatli uylarning yerto'la va lift qurilmalarini o'rganish, savdo komplekslarida yong'in xavfsizligiga rioya etish hamda yangi qurilayotgan uylarning qurilish jarayonlari va ularni foydalanishga topshirish holatlarini o'rganish yuklatildi.