Kuni kecha "Imzo" korxonasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri o‘tkazildi.
Unda yong'in xavfsizligi talablariga amal qilish borasida tushuntirish ishlari olib borilib, maskan xodimlariga yong'in o'chirish avtomashinalarining jihozlari va sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlarda birlamchi yong'in o'chirish vositalaridan foydalanish talablari amaliy tarzda maxsus-taktik o‘quv mashqlari orqali tushuntirildi.
Shuningdek, korxona xodimlariga xonadonda va korxonada elektr energiyadan foydalanish paytida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari zarurligi ta'kidlandi.