info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Xushnud" MFY idorasida tuman hokimining tuman mutasaddilari bilan yig'ilishi bo'lib o'tdi

timeicon 16-09-2023

Bugun "Xushnud" MFY idorasida tuman hokimining tuman mutasaddilari bilan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda "Xushnud" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo'yicha "Yo'l xaritasi"dagi chora-tadbirlar muhokama etildi.

Mahalla hududidagi ijtimoiy soha obyektlari holatini o'rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash hamda xonadonlar o'rtasida xatlovlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni hal etish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, "Yo'l xaritasi" ijrosining monitoringi o'rnatilib, kunlik va haftalik hisobotlar Respublika ishchi guruhi shtabiga berib borilishi ta'kidlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech