"Obod ko'cha", "Obod mahalla", "Obod xonadon" dasturi doirasida Xushnud mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Kuni kecha ham tuman obodonlashtirish bo'limi xodimlari ko'chalarni chiqindilardan tozalab, piyodalar va avtomobil yo'llarini supurdilar.
Shuningdek, nosoz holatdagi elektr energiya ustunlarida ta'mirlash ishlari olib borildi.