Tumanimizda aholining turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash, aholi bilan muloqot oʼrnatish orqali ularning qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish boʼyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 4-sektor rahbari tomonidan “Jaloir” mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etilib, unda mahalla raisi saylovlarida aholidan faollik koʼrsatish boʼyicha tushunchalar berildi. Xushnud mahalla fuqarolarining muammo va takliflari oʼrganilib, tegishli tashkilotlarga koʼrsatmalar berildi.
Narx-navoni barqarorligini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tashkent index” savdo majmuasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxini sunʼiy oshib ketishi oldini olish boʼyicha masʼullarga tegishli koʼrsatmalar berildi.