Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, tumanimizda bu borada muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Oila va xotin-qizlar boʼlimi tomonidan 30 nafar mahalla xotin-qizlar faollarining “Bonito kids” va “Bonito jeans” MChJga tashrifi tashkil etildi.
Ular ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida korxonaning ish jarayonlari va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, korxonadagi boʼsh ish oʼrinlari haqida maʼlumot oldilar.