“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tadbiri doirasida profilaktik ishlar davom etmoqda
Xususan, bugun Yangihayot tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va mas’ul rahbarlar tomonidan "Artikul Aziya" korxonasining xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida korxona ishchilariga giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning oldi-sotdisiga aralashib qolmaslik hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mavzu yuzasidan videoroliklar namoyish etildi.