"Tashkent Index" savdo majmuasida tuman Qo'riqlash bo'limi tomonidan "Xavfsiz poytaxt" tadbiri o'tkazildi.
Unda tuman hokimi va sektor rahbarlari bilan birgalikda qo'riqlash xizmati afzalliklari va jinoyachilikning oldini olish bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, obyekt va xonadonlarni qo'riqlash-texnik vositalar bilan jihozlash haqida batafsil ma'lumot berildi.