Sessiyada Yangihayot tumanida investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholga tabiiy gaz yetkazib berishning bugungi kundagi holati to‘g‘risidagi mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, sessiya kun tartibida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2025-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish va tuman hokimining 2025-yil 3-iyundagi 190-14-220-Q/25 sonli va 2025-yil 3-iyundagi 191-14-220-Q/25 sonli qarorlarini tasdiqlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.