Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Yangihayot tumanida “Ayollar daftari”ning toʻrtinchi bosqich yakunlari va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, sessiya davomida Xalq deputatlari Yangihayot tuman
Kengashining "Yangihayot tumanida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 2024-yilda soliq stavkasiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi hamda "2024-yil uchun Yangihayot tumanining mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorlari tasdiqlandi.
Sessiya so’ngida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.