Fuqarolarimiz ham mahalla obodligiga befarq emas
"Yangihayot" mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar “Xonadon orastaligi ostonadan boshlanadi” shiori ostida birlashib, o‘zlari yashayotgan ko‘p qavatli uyning atrofida erta tongdan tozalash hamda obodonlashtirish ishlarini olib borishdi.
Tumanimiz ozodaligiga hissa qo‘shayotgan fuqarolarga minnatdorchiligimizni bildirib, boshqalarni ham bu ishlarda faol bo‘lishga chorlaymiz!