330-umumta'lim maktabida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi direktorlari ishtirokida tuman favqulodda vaziyatlar bo'limining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda suzish ruxsat etilgan suv havzalarida suzish bo‘yicha xavfsizlik qoidalariga rioya etishga doir ko'rsatmalar berildi. Shu bilan birga, tuman hududidan oqib o‘tgan daryo va kanallarda suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Mavsum davomida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish kerakligi ta'kidlandi.