Xabaringiz bor, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizmati tomonidan "Farzandim bilan" fotosuratlar tanlovini e’lon qilgan edi.
Bugun tuman hokimligi binosida ushbu tanlovda 1-o‘rinni qo'lga kiritgan g'olibimizga esdalik sovg‘asi topshirildi.
Shu o‘rinda ushbu tanlovda bir-biridan ajoyib kreativ fotosuratlari bilan ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.