Tuman hokimligi binosida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan "Farovonlikka erishgan eng namunali oila" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mazkur tanlovning Toshkent shahar bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan Iroda Axmedova hamda Bashorat Yulchiboyevaga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosarlari ularni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, mehnatlarini yuksak baholadi.