Ramazon oyida saxovatpesha insonlarning beminnat yordamlari bois, ehtiyojmand oila vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Kuni kecha tumanimizdagi 1- va 2-sektorda yashovchi 30 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonlariga borilib, ularga homiylarning ehson qutilari yetkazib berildi.
Jumladan, "Charog'on" mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroning uyiga borilib, eshitish moslamasi va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.