Kuni kecha tuman oila va xotin-qizlar boʼlimi tomonidan “Eng namunali boshlangʼich tashkilot-2022” koʼrik tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
“Zoʼravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida boʼlib oʼtgan mazkur tanlovda xotin-qizlarning huquqiy va ijtimoiy bilimi va faolligi sinovdan oʼtkazildi.
Tadbir yakunida oʼzining zukkoligi va tashkilotchiligi bilan gʼolib deb topilgan xotin-qizlar tashakkurnoma hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.