Diniy bag'rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi manaviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda bugungi globallashuv jarayonida turli yot g'oyalarning zararlaridan saqlanish, aholi, xususan, yoshlarda turli oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida so'z bordi.
Shuningdek, yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilm-u ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirish kerakligi ta'kidlandi.