2-sonli umumta’lim maktabida Toshkent shahar va Yangihayot tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla fuqarolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalliy kengash deputatlari o‘z vakillik hududlarida joriy yilning 2-choragi davomida hal etilgan muammolar hamda murojaatlar asosida bajarilgan ishlar haqida saylovchilarga axborot berdi.
Bundan tashqari, tadbirda aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.