Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yangihayot tuman mahalliy Kengashi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zikrilla Neʼmatov mehmon sifatida ishtirok etdi. Suhbatda markazda xizmat qilib kelayotgan xodimlar hamda tinglovchilar faol ishtirok etdilar.