Bugun tuman hokimi tomonidan "Chortoq" mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari ham o'rganildi.
Dastlab, asfaltlash jarayoni bilan tanishildi. So'ng mahallada qad rostlayotgan yangi maktabning qurilish ishlari ko'zdan kechirildi.
Sifatga jiddiy e'tibor qaratgan holda, ishlarni rejali tashkil etish bo'yicha quruvchi tashkilotga ko'rsatma berildi.