Bugun tumanimizdagi 16 ta umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʼngʼiroq sadolari yangradi.
Shu munosabat bilan tuman hokimi 32-maktabga tashrif buyurdi. Barchani, xususan, jajji oʼquvchilarni yangi oʼquv yilining boshlanishi bilan tabriklab, kelgusi taʼlim jarayonlarida omad tiladi.
Maʼlumotlarga koʼra, joriy yili tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 2527 nafar oʼquvchi qabul qilindi.