info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bugun tuman hokimligi binosida...

timeicon 04-06-2025

Bugun tuman hokimligi binosida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Yangihayot tumani hokimi, tuman hokimi o‘rinbosarlari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xatamov Alisher Farxadovich Yangihayot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinladi.

Ushbu lavozimni egallab turgan Kamilov Mirzoxid Mirvaxidovich esa Chilonzor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini davom ettiradi.

Fursatdan foydalanib, Yangihayot tumanini rivojlantirish yo‘lida qo‘shgan hissasi va yuksak xizmatlari uchun Kamilov Mirzohid Mirvaxidovichga minnatdorlik bildiramiz.

Xatamov Alisher Farxadovichga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech