Bugun tuman hokimi 329-sonli maktabda bo’lib, maktab faoliyati, o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, maktabda o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish maqsadida tashkil etilgan to’garaklarni o’rgandi.
Tuman hokimi o’qituvchi va o’quvchilar bilan suxbatlashib, ularning yanada mustahkam bilim olishlari uchun yaratilishi kerak bo’lgan imkoniyatlar xususida takliflarini tingladi.