Bugun “Yorqinhayot” mahallasida 2chi va 3chi sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda jami 14 nafar fuqaro oʻz murojaatlari bilan ishtirok etdi.
Murojaatlarning aksariyati pasport, doimiy roʻyxatda turish masalalariga qaratilgan boʻlib, 4 ta murojaat ijobiy hal etildi. Shuningdek, qabul davomida 2 ta fuqaroni kasbga yoʻnaltirish maqsadida, oʻqishga yoʻllanma berildi.
Qabuldan soʻng, 3chi sektor rahbari tomonidan ushbu mahallada yashovchi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga yordam koʻrsatilib, ularning shart-sharoiti oʻrganildi.