Bugun Yangihayot tumani IIO FMB boshlig‘i "Mash’al" mahallasida bo‘lib, u yerda "mahalla yettiligi" a’zolari va tegishli idora xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mutasaddilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur mahalla hududida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o’rganildi. Shuningdek, mahallalar "yo‘l xaritasi" doirasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.
O'rganishlar yakunida qaror ijrosi yuzasidan "mahalla yettiligi"ga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.