BSK vakillarining mavsumga tayyorgarligi baholandi
Kuni kecha tuman hokimi o‘rinbosari, tuman prokuraturasi xodimlari hamda boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik va zaxiralar holati, mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, mas’ullarga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.