"Bosh prokuror kubogi-2024": yangihayotlik kurashchilar oltin medal oldi
Gap shundaki, kuni kecha "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida kurash sport turi bo‘yicha "Bosh prokuror kubogi-2024" musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tumanimiz sha’nini himoya qilib kelayotgan sportchi yoshlar g‘oliblar shohsupasidan munosib o‘rinlarni egallashdi.
Xususan, 81 kg vazn toifasida Behruz Hamidov oltin medal sohibi bo‘ldi. Shuningdek, Sanjar Pardayev 90 kg vazn toifasida kumush va 66 kg vazn toifasida Ozod Xushmurodov bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Yutuqlar muborak bo‘lsin!