info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bolalar masalalari kun tartibiga qo‘yildi

Bolalar masalalari kun tartibiga qo‘yildi
timeicon 03-06-2024

Bolalar masalalari kun tartibiga qo‘yildi

Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi a’zolari uchun yig'ilish o'tkazildi. Unda mazkur yo'nalishda joriy yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi.

Yig'ilishda tuman hokimi hozirgi kunga qadar voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish borasida ishlar qoniqarsizligi ta’kidlanib, bu bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vaziyatni o‘nglash borasidagi takliflarini tingladi.

Ma’lumot uchun, 5 oy mobaynida komissiya tomonidan bolalar manfaatini himoya qilish, majburiy ta’limga jalb qilish, o‘qishga tiklash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar oldini olishga oid 35 dan ortiq masala ko‘rib chiqilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech