Bugun tuman hokimi va 2-sektor rahbari “Yo’ldosh” mahallasida bo’lib, kommunal sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Xususan, mahallaning Bog’ichinor ko’chasiga 630 kVTga ega yangi transformator o’rnatildi. Rahbarlar ushbu jarayonni ko’zdan kechirib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berishdi.