Bugun Yangihayot tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Shaxmat festivali" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va shiddatli bahslarda 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan ko‘plab jajji shaxmatchilar ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida kichik madaniy dastur ham namoyish etilib, faol ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandi.