Tumanimizdagi 330-umumtaʼlim maktabida "Zoʻravonlikka qarshi faol 16 kun" aksiyasi doirasida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tuman ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektorlari, tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi vakillari hamda faol fuqarolar ishtirok etgan mazkur tadbirda jinoyatchilik va zo‘ravonlikning oldini olish, zoʻravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish mavzusida soʻz yuritildi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzuga oid videroliklar namoyish etildi.