info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Biz gʻoliblarni chin dildan tabriklaymiz

timeicon 16-03-2022

Bugun mahalla yoshlar yetakchisi yoshlarning qizikishlari, orzu-umidlari, muammo va takliflarini oʻrganishi, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsata olishi va oʻzlari ham har tomonlama ularga oʻrnak koʻrsata olishi lozim.

Shu sababli, Toshkent shahar mahallalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari uchun Boʻstonliq tumanida oʻkuv seminar-treninglar tashkil etildi.

Ushbu jarayonda Toshkent shahar Yangihayot tumani yoshlar yetakchilari faol ishtirok etib, “Zakovat” musobaqasida 12 ta tuman ichida birinchilikni qoʻlga kiritishdi.

Yangihayot tumanining barcha mahallalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar yetakchilari doim oʻzining faolligi, tashabbuskorligi bilan yoshlarga koʻmak berib kelmoqda. Biz gʻoliblarni chin dildan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech