Yoshlarni harbiy xizmatga qiziqtirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir tumanimizning “Tashabbus” mahallasidagi 330- umumtaʼlim maktabida “Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz” shiori ostida boʻlib oʻtdi.
Unda harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar chiqishlar namoyish etildi. Bundan tashqari, xonandalar harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlarni ijro qilishdi.
Shuningdek, tadbir soʻngida maktab oʻquvchilari bilan harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etildi.