Tumanimizdagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bitiruvchi kursantlarga leytenant harbiy unvoni va diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri, tuman hokimi, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, professor-o'qituvchilar, harbiy xizmatchi va kursantlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Joriy yil 161 nafar bitiruvchi o'qishni tamomlagan bo'lsa, ularning 5 nafari imtiyozli (qizil) diplom bilan bitirdi. Tadbir davomida so'zga chiqqanlar bitiruvchilar va ularning ota-onalarini tabriklab, samimiy tilaklar bildirdi.