Xususan, 331-sonli umumta’lim maktabining 100 ga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari tumanimiz hududidagi "Sun Tex" hamda "Sifco" korxonalarida bo‘ldi.
Tashrif davomida o‘quvchilar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, korxona mutaxassislari bu yerdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, korxona faoliyati hamda ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.