Tuman hokimligida "Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul" tamoyili asosida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.
Unda 4 ta mahalladan 4 nafar nuroniy turli shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in o‘tgan bahslarda "Yangi Choshtepa" mahalla nuroniysi 1-o‘rin, Al-Farg‘oniy mahalla nuroniysi 2-o‘rin, "Zarbdor" mahalla nuroniysi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib ishtirokchilar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.