Bir nechta mahallalarning yoritish tizimi yaxshilanish arafasida
Gap shundaki, kuni kecha Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, “Toshshaharnur” DUK hamda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mutasaddilari hamrohligida tumanimizning "Toshkent", "Gulzor", "Jaloyir" va "Chortoq" mahallarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida yuqorida keltirilgan mahallalarning asosiy va ichki ko‘chalaridagi yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar biroz muddatga kechikayotgani aniqlandi.
Shundan so‘ng, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar o‘zaro kelishib olindi.