Kuni kecha "Binokor" MFY idorasida mahalla aholisining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida fuqarolarga kuydirgi va quturish kasalligi haqida ma'lumot berildi.
Kasallikning kelib chiqishi, klinik belgilari, profilaktikasi va oldini olish haqida mutaxassislar tomonidan muhim ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga o'zining va farzandining sog'lig'iga e'tiborli bo'lishi, kichik bolalarni qarovsiz qoldirmaslik kerakligi ta'kidlandi.