“BARCHINOY TEXTILE”” MCHJ faoliyatidan xabardormisiz?!
Javobingiz “yoʻq” boʻlsa, quyidagi maʼlumotlar sizga foydali boʻladi. Endilikda butun oilangiz uchun xaridlarni bitta joydan amalga oshirsangiz boʻladi. Tumanimizning “Doʻstlik «mahallasida 2015-yilda ish boshlagan «BARCHINOY TEXTILE”” korxonasida 18 turdagi sifatli trikotaj kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. 50 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlagan mazkur korxona mahsulotlari kelgusi yil dunyo bozoriga chiqish arafasida.
Bugun investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi xodimlari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib oʻz fikr va takliflarini bildirdi.