Bank mas’ullari yangihayotlik tadbirkorlar bilan uchrashdi
Bundan asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadini oshirishdir.
Tuman hokimligi binosida Markaziy bank va Xalq banki mas’ullari, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda bir nechta tijorat banklari xodimlari ishtirokida bank mijozlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ko‘maklashish, ularning kredit olishiga yordamlashish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, bank xodimlari tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.