Sizlarni Qurbon hayiti bilan chin dildan samimiy tabriklayman!
Ushbu muqaddas kunda sizlarga, oilalaringizga sihat-salomatlik, osoyishtalik, baxt-saodat tilayman. Xonadonlaringiz fayz-u barakaga to‘lsin. Qilgan ibodat va duolaringiz, dilingizdagi ezgu niyatlar ijobat bo‘lsin!
Qurbon hayiti barchamizga mehr-oqibat, totuvlik va yaxshilik olib kelsin. Yurt taraqqiyoti yo‘lida birgalikda amalga oshirayotgan har bir ezgu ishlarimizga baraka va omad doimo hamroh bo‘lishini tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Yangihayot tumani hokimi X.Inogamov