Barchangizni muqaddas Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Ramazon oyi – rahmat va mag‘firat oyi, mehr-oqibat va saxovat oyidir. Ushbu muborak oyda qilgan barcha ezgu amallaringiz va niyatlaringiz ijobat bo‘lishiga tilakdoshman.
Aziz tumandoshlar!
Qutlug‘ Hayit ayyomida sizlarga, oilalaringizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga esa fayz-u baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Qalblarimiz iymon nuri ila, xonadonlarimiz esa qut-baraka ila to‘lsin! El-yurt ravnaqi yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib qilayotgan xayrli ishlarimizda hamjihatlik va omad yor bo‘lsin!
Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Yangihayot tumani hokimi H. Inogamov