Tumanimizdagi Xushnud mahallasida tuman oila va xotin-qizlar boʼlimi va Аdolat sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi markaziy apparati bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” umumiy shiori ostida faol xotin-qizlar oʼrtasida “Аzaliy qadriyatlar qadrlangan makon - Oʼzbekiston” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Mazkur tadbirda yosh oilalarga xalqimizning eng qadimiy qadriyatlari, urf-odatlari, udumlaridan biri boʼlgan alla aytish sanʼatini oʼrgatish, ushbu meros orqali oʼzligimizni bugungi yoshlarga anglatish maqsadida oʼtkazildi. Tadbir ishtirokchilari esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.