"Yashil makon" umummilliy aksiyasi – Yangihayotda!
Tumanimizning har bir nuqtasida daraxt ekish tadbirlari davom etmoqda. Ayniqsa, barcha kasb egalarining Yangihayotning ko'kalamzorlashtirilishiga hissa qo'shayotgani quvonarli hol.
Tuman Ichki ishlar bo'limi xodimlari ham mahallalarning obodligi yo'lida ko'chalar bo'yiga daraxt ko'chatlarini o'tqazishdi.
Agar bu nihollarni mehr bilan parvarish qilsak, ular kun kelib soya beradigan manzarali daraxtlarga aylanishi, shubhasiz!