"Yashil makon" aksiyasida barcha tashkilotlar tashabbus ko'rsatmoqda.
Kuni kecha Yangihayot tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlaridan iborat jamoa ham tumanimizdagi katta ko'chalar bo'yiga mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini o'tqazishdi.
Loyiha doirasida ekiladigan daraxtlar tumanimizni yashillikka burkashi bilan birga, insonlarning sog'lig'iga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bois, bu kabi xayrli tadbirlar tabiat va inson uyg'unligining yorqin namunasidir.