Tumanimiz obodligiga hissa qoʼshish maqsadida «Yashil makon» aktsiyasi doirasida koʼchat ekish ishlari davom etmoqda.
Bu gal tuman deputatlari va maktabgacha taʼlim boʼlimi hamkorligida 25 ta mevali va 10 ta manzarali daraxtlar oʼtqazildi.
Quvonarlisi, deputatlar va MTB mazkur aktsiyada faol ishtirok etib, hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib oldilar.